Biznesni ochish
Xususiy biznesni roʻyxatdan oʻtkazishning ikki usuli mavjud:
1. Tashrif buyurgan holda. Roʻyxatdan oʻtkazishning mazkur turida siz biznesni roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat etishingiz lozim, u yerda zarur hujjatlar toʻldirilganidan soʻng, sizga invoys beriladi, ushbu invoys raqami boʻyicha siz roʻyxatdan oʻtganingiz uchun davlat bojini toʻlaysiz.
2. Onlayn tartibda roʻyxatdan oʻtkazish. Shuni hisobga olishingiz kerakki, biznesni onlayn tartibda roʻyxatdan oʻtkazishda davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar va bojlar miqdori umumiy summaning 50 foizini tashkil etadi.
Onlayn tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va nomni egallab qoʻyish boʻyicha batafsil yoʻriqnomani siz quyidagi havola boʻyicha olishingiz mumkin:
Yuqorida keltirilgan usullar orqali siz quyidagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishingiz mumkin:
- masʼuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ);
- yakka tartibdagi tadbirkor (YATT);
- xususiy korxona (XK);
- dehqon xoʻjaligi (DX);
- va boshqalar.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar va bojlarni toʻlash quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
- toʻlov tizimlari orqali;
- bank kassasi orqali;
- bank-mijoz orqali.
Toʻlov muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan soʻng, tizim roʻyxatdan oʻtganlik haqidagi guvohnomani avtomatik tarzda shakllantiradi va elektron hujjatlar repozitoriysida saqlaydi.
Foydali havolalar
my.soliq.uz - Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali
id.gov.uz – Identifikatsiyalashning yagona tizimi portali
fo.birdarcha.uz – Davlat xizmatlari markazi
https://fo.birdarcha.uz/pub/booking - Tashkilot nomini ro’yxatdan o’tkazish