Islomiy lizing


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.02.2023 

Mahsulot tavsifi

Bank lizing oluvchining topshirigʻiga binoan uchinchi tomondan (sotuvchi)dan lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni ushbu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga islomiy shartlarda oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi

Lizing shartlari

  • Lizing obyektlari Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan uskunalar, yengil va og’ir transport vositalari.
  • Man etilgan moliyalashtirish yo’nalishlari 1. Kazino, totalizator, lotoreya va hokazolar;
    2. Mast qiluvchi ichimlik va moddalar ishlab chiqarish va ularning savdosi; 3. Choʻchqa goʻshti va xarom qilingan narsalar savdosini tashkil etishda qoʻllash koʻzda tutilgan holatlar.
  • Lizing muddati 13 oydan 60 oygacha
  • Qarz oluvchilar va ularga qoʻyilgan talab Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan moliyaviy barqaror xoʻjalik subyektlari.
  • Lizing miqdori Minimum 300 mln soʻm ekvivalenti
    Maksimum 300 mlrd.soʻm ekvivalentigacha
  • Valyuta turi Milliy va xorijiy valyutada
  • Mahsulotdan foydalanish tartibi Pul oʻtkazish yoʻli bilan
  • Imtiyozli davr Imtiyozli davr berilmaydi
  • Islomiy lizing daromadi (ustama haqqi) Kredit summasiga nisbatan
    Milliy valyutada 23,99 % dan boshlab
    Xorijiy valyutada 10 % dan boshlab
  • Bir marotabalik bank xizmati Olinmaydi
  • Islomiy lizing toʻlovini soʻndirish tartibi Har oyda oddiy yoki annuitet shaklda, loyihadan kelib chiqib, boshqa shakllarda
  • Grafik shakllantirish Lizing shartnomasi imzolanishi bilan tizimda islomiy lizing toʻlovlari grafigi shakllantiriladi. Lizing muddati davomida ushbu grafik oʻzgarishsiz qoladi
  • Mijozni loyihadagi ulushi Kamida 30 %
  • Lizing obyektini sugʻurtalash (Takoful) Lizing obyektini sugʻurtalash taraflarning kelishuviga binoan islom moliyasi tamoyillariga muvofiq sugʻurtalanadi (takoful). Bunda sugʻurta xarajatlari lizingga beruvchi zimmasida boʻladi
  • Bank, lizing oluvchi va sotuvchi oʻrtasidagi shartnomalar rasmiylashtirish ketma-ketligi 1. Bank va lizing oluvchi oʻrtasida dastlabki kelishuv shartnomasi;
    2. Bank va sotuvchi oʻrtasida lizingga berilishi moʻljallangan obyektni oldi-sotdi qilish shartnomasi;
    3. Lizing obyektini qabul-qilish va topshirish dalolatnomasi;
    4. Bank va lizing oluvchi oʻrtasida lizing shartnomasi.
  • Jarimalar Mijozlar tomonidan lizing toʻlovlari boʻyicha kechikishlar boʻlganda bank tomonidan lizing shartnomasiga muvofiq jarimalar hisoblab undiriladi. Bank tomonidan hisoblab undirilgan jarimalar hayriya ishlariga sarflanadi.

Savollar va javoblar

Lizing grafik yuzasidan toʻlovlar hamda muddati oʻtgan kredit toʻlovi uchun hisoblangan jarimalar.
Yengil transport, ogʻir texnikalar hamda usukuna(dastgox) sotib olishga
Ha muddati oʻtgan lizing toʻlovi summasiga nisbatan jarima hisoblanadi. Barcha undirilgan jarima summasi bank tomonidan hayriya ishlariga sarflanadi
Islomiy lizingga foiz hisoblanmaydi. Lekin bank oʻz daromadini foiz koʻrinishida hisoblaydi
Bank oʻz daromadini foiz koʻrinishida hisoblab lizing summasiga qoʻshib grafik asosida kelishilgan muddatlarda undirib boradi. Dastlab kelishilgan toʻlov grafigi lizing muddati davomida oʻzgarmay qoladi.
Islomiy lizingning jami summasini kamida 30% qismi mijoz tomonidan toʻlanishi kerak. Yoki shu qismiga nisbatan qoʻshimcha garov taqdim qilinishi mumkin.
Mijozning loyihadagi ulushi sifatida kamida 30% qismi mijoz tomonidan avans toʻlovi sifatida toʻlaydi.
Agar lizing summasining oldindan toʻlovi amalga oshirilmasa, lizing summasini kamida 30% qismiga garov taqdim qilinadi. Garov taʼminoti sifatida quyidagi mulklar taqdim qilinishi mumkin:
• Mol-mulk garovi;
• Kafolat xati;
• Uchinchi shaxs kafilligi.
Islomiy lizing takofil sugʻurtasida amalga oshiriladi.
Takofil sugʻurtaning bir turi boʻlib, islomiy shartlar asosida amalga oshiriladi.
Hozirda APEX INSURANCE MCHJ hamda UZARO sugʻurta kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Bank oʻz faoliyati davomida shaʼriy jihatdan halol boʻlgan daromadlari hisobidan olgan foyda mablagʻlari hisobidan islomiy lizingni amalga oshiradi.
Lizing grafik toʻlovlari toʻliq toʻdangandan soʻng lizing obyekti mulkni topshirish qabul qilish dalolatnomasi asosida mijoz nomiga oʻtkaziladi.
1. Dastlab lizing obyektini yetkazib berish va lizingga olish yuzasidan vaʼdalashuv shartnomasi tuziladi;
2. Lizing obyekti mijozga topshirilgandan soʻng islomiy lizing shartnomasi tuziladi.
Dastlabki vaʼdalashuv shartnomasi bu lizing beruvchi lizing obyektini lizing oluvchiga shartnomada koʻrsatilgan lizing obyektini olib berishni, lizing oluvchi vaʼdalashuv shartnomasiga asosan lizing obyektini lizing olish vaʼdasini beradi.
Lizing obyektini lizing beruvchining vakili sifatida lizing oluvchi tomonidan tanlanadi va shartnomani imzolanishini tashkillashtiradi.

Kreditni rasmiylashtirish

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling. Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

0-800-1-200-200 O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar bepul


HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
nazorat qulayligi

HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
boshqarish

HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
rasmiylashtirish

HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
chiqmasdan amalga oshiring.