
UzCard
Milliy valyutadagi debet karta
- 50 000 so'mRasmiylashtirish
- Hisob-kitob jarayonida vaqtni tejash
- Katta hajmdagi naqd pul mablag’ini o’zi bilan olib yurishga ehtiyojining yo’qligi
- Pul mablag’larining xavfsizligi
- Do‘konlarda yoki servis korxonalarida har qanday tovar yoki xizmat uchun komission pullarni to‘lamasdan to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin
- O‘z karta hisobingizni naqd pul mablag'lari va boshqa bankdagi hisob raqamidagi mablag‘larni o'tkazishingiz mumkin
- Kartaga pul mablag’larini o’tkazish. Misol uchun ish haqi, devidentlarni yoki ganorarni o’tkazish
- Naqd pul mablag’larini kartaga o’tkazib olish
- Kommunal to’lovlarni amalga oshirish
- Karta hisob raqami ochish uchun ariza
- Plastik kartochkadan foydalanish bo’yicha shartnoma
- Pasport nusxasi
Agar siz kartani yo'qotsangiz, uni blok holatiga kiritishingiz zarur, buni esa quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:
Kartani qayta rasmiylashtirish yoki blok holatidan chiqarish uchun plastik karta rasmiylashtirilgan bank ofisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz kifoya.
- Karta rasmiylashtirilgan bank ofisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etish.
- Aloqa markaziga 0 800 1 200 200 raqami orqali murojaat qilish. Kartani bankning aloqa markazi orqali blok holatiga kiritish uchun plastik kartani rasmiylashtirish shartnomasida ko'rsatilgan "kod so'zi" yordamida amalga oshiriladi.
- Hamkor Mobile ilovasi orqali. Agar karta Hamkor Mobile ilovasida ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, "Mening kartalarim" bo'limida uni masofadan turib blok holatiga kiritish imkoniyati mavjud.
Kartani qayta rasmiylashtirish yoki blok holatidan chiqarish uchun plastik karta rasmiylashtirilgan bank ofisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz kifoya.
DIQQAT!
Bank PIN-kodingizni sir saqlashingiz va boshqa birovlarga bermaslikni tavsiya etadi. Agar PIN-kodingizni kimda-kim bilib olganini sezib qolsangiz, shu zahoti PIN-kodni o’zgartirib qo'ying. PIN-kodni bir oyda bir marotaba o’zgartirib turish tavsiya etiladi. UzCard to’lov tizimiga a’zo bo’lgan bankning istalgan bankomatida, infokioskasida yoki terminali orqali PIN-kodni o’zgartirish mumkin.