
VISA Classic / Exchange
Chet el valyutasidagi debet karta
- BepulRasmiylashtirish
- 10 AQSh dollariMinimal qoldiq
- VISA Xalqaro plastik kartasi mahsulot va xizmatlar uchun tashkilotlarga, do'konlarga yoki Internet tarmog'i orqali to'lovlarni amalga oshirish, dunyoning istalgan nuqtasida VISA logotipiga ega bo'lgan bankomatlardan naqd pul olish imkoniyatini beruvchi plastik karta.
- Karta yo’qolgan taqdirda ham o’z pul mablag’laringizni saqlab qolish mumkin. Mijoz arizasiga ko’ra karta blok holatiga tushirilib qo'yiladi va shu yo’l orqali pul mablag’lari saqlab qolinadi.
VISA kartasi sizning mablag’laringiz saqlanib turadigan hisob raqamga kirish uchun foydalaniladigan karta hisoblanadi. Quyidagi ehtiyot choralarini ko’rish orqali pul mablag’laringizni o’g’irlikdan saqlab qolish darajasini oshirishingiz mumkin.
- PIN-kod va karta raqamini boshqalardan sir saqlanishini ta’minlashingiz zarur. Plastik kartani boshqa shaxslarga bermang. PIN-kodni kartadan alohida saqlang va PIN-kodni kartaga aslo yoza ko’rmang. Agar karta yo’qolib qolsa, firibgarlar barcha kerak bo’ladigan ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin bo’ladi
- Karta hisobi amaliyotlarini har hafta tekshirib boring – buni bank orqali olish mumkin bo’lgan ko’chirmalar yordamida qilish mumkin
- Agar kartangiz yo’qolgan yoki uni o’g’irlashgan bo’lsa darhol bu to’g’risida bankka ma’lum qiling. Bank kartangizni STOP-listga olib qo’yadi
- Karta orqali to’lovlarni amalga oshirish davomida kartani nazoratsiz qoldirmang. To’lov amalga oshib bo’lganidan so’ng sotuvchi aynan sizning kartangizni qaytarib berayotganligiga ahamiyat bering
- Bankomatlarda naqd pul olayotganingizda sizni hech kim kuzatmayotganligiga va orqangizda hech kim yo’qligini tekshirib ko’ring
Kartadagi mablag’laringizni yo’qotib qo'yish havfini kamaytirish uchun ushbu ehtiyot choralariga amal qiling
Agar siz kartani yo'qotsangiz, uni blok holatiga kiritishingiz zarur, buni esa quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:
Kartani qayta rasmiylashtirish yoki blok holatidan chiqarish uchun plastik karta rasmiylashtirilgan bank ofisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz kifoya.
- Karta rasmiylashtirilgan bank ofisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etish.
- Aloqa markaziga 0 800 1 200 200 raqami orqali murojaat qilish. Kartani bankning aloqa markazi orqali blok holatiga kiritish uchun plastik kartani rasmiylashtirish shartnomasida ko'rsatilgan "kod so'zi" yordamida amalga oshiriladi.
- Hamkor Mobile ilovasi orqali. Agar karta Hamkor Mobile ilovasida ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, "Mening kartalarim" bo'limida uni masofadan turib blok holatiga kiritish imkoniyati mavjud.
Kartani qayta rasmiylashtirish yoki blok holatidan chiqarish uchun plastik karta rasmiylashtirilgan bank ofisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz kifoya.