mc.yandex.ruyandex
Pul o'tkazmalari

O‘zbekiston bo‘ylab tezkor xalqaro va mahalliy pul o‘tkazmalar xizmatidan bahramand bo‘ling!

«Hamkorbank» AТB jismoniy shaxslarga dunyoning istalgan nuqtasiga pul mablag’ini xorijiy valyutada o’tkazishga imkon beradi. Pul o’tkazmasini rasmiylashtirish bir necha daqiqa oladi xolos. Bank hamkor bo’lgan pul o’tkazmalar tizimlari quyida keltirilgan.




Hisobraqam ochmasdan manzilsiz tezkor pul o‘tkazmalari xizmati «Zolotaya Korona – pul o‘tkazmalari» – bu 40 mingta xizmat ko‘rsatish shahobchalaridan iborat bo‘lib, ular Abxaziya, Ozarbayjon, Belarus, Vyetnam, Gretsiya, Gruziya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Mongoliya, Nepal, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Chehiya kabi mamlakatlarda joylashgan.

“Zolotaya Korona” pul o‘tkazmalari – yengil, tezkor, ishonchli!



Izoh:

Hamkor Mobile ilovasi orqali pul o‘tkazmalarini masofaviy plastik kartalarga kirim qilish imkoniyati Respublikaning barcha hududlarida mavjud.


Dunyo RIA Money Transfer bilan odatdagidan yaqin!


Ria Money Transfer - dunyodagi yetakchi xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlaridan biridir. Tizim xalqaro bozorda 1987-yildan beri faoliyat yuritadi hamda dunyoning 180 dan ortiq mamlakatlari va hududlarida 500 000 dan ortiq xizmat ko‘rsatish punktlaridan iborat global tarmoqqa ega.


Chet elga pul yuborish yanada oson, tez, qulay va sifatli bo‘ldi!


Siz Yevropa, AQSh, yaqin va uzoq mamlakatlarga AQSh dollari va yevro valyutasidagi eng foydali tariflar bo‘yicha pul yuborishingiz mumkin.


Ria Money Transfer xizmatidan millionlab odamlar foydalanmoqda. Siz ham ularning biriga aylaning va butun dunyo bo‘ylab yaqinlaringiz va do‘stlaringizga pul yuboring!

Pulni foizsiz va jozibador kurslarda jo‘nating va pulni bizning ofislarimizdan qabul qiling!


Kwikpay - yangi innovatsion xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi bo‘lib, ushbu tizim xizmati yordamida Rossiyadan jo‘natilgan rubl, AQSh dollari yoki Yevro valyutasini Hamkorbank ning barcha xizmat ko‘rsatish ofislarida AQSh dollarida qabul qilib olish mumkin. 


Rossiyadan pulni jo‘natish Kwikpay ning rasmiy ilovasi orqali 0% da Visa, Mastercard, MIR yoki Maestro kartalaridan foydalangan xolda tez va oson amalga oshiriladi. 

Bank ofislaridan jo‘natmalarni Turkiya, Kipr va Gretsiyaga AQSh dollarida maqbul komissiya bilan jo‘natish mumkin. Kundan kunga mavjud davlatlar ro‘yxati kengayib boradi.


KWIKPAY ilovasi - bu o‘z mijozlari uchun moliyaviy amaliyotlarni oson va tez amalga oshirishda qulaylik uchun yaratilgan yangi to‘lov tizimidir. Bu qulayliklardan foydalanish uchun jo‘natuvchi KWIKPAY ilovasini yuklab olsa kifoya.


"Moneygram" tizimi - xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi, bu tizim orqali pul jo‘natib, siz pul o‘tkazmasining sifati va tezligini his etasiz.


  • Dunyoning 180 dan ortiq davlatlariga o‘tkazmalar
  • O‘tkazmalar faqat AQSh dollarida amalga oshiriladi
  • Tizimning oddiyligi va ishonchliligi


Pul o‘tkazmalarini O‘zbekiston Respublikasidan Janubiy Koreya, Turkiya va Polshaga foydali, tez va xavfsiz tarzda yuboring, o‘tkazma to‘lovi 3 AQSh dollaridan boshlab. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Gruziya davlatlariga 300 AQSh dollarigacha bo‘lgan pul o‘tkazmalarini 2 AQSh dollari evaziga, 300 AQSh dollaridan 10 000 AQSh dollarigacha o‘tkazmalarni atigi 1% komissiya to‘lovi evaziga amalga oshiring. Boshqa mamlakatlarga pul o‘tkazmalarini yuborishning amaldagi tariflari haqida ko‘proq ma'lumotni havolada topishingiz mumkin.


IZOH
Bankda Rossiya Federatsiyasidan jo‘natilgan o‘tkazmalar to‘lanmaydi. Ushbu pul o‘tkazmalari tizimi orqali jo‘natmalar amalga oshirilmaydi.

UPT - butun dunyo bo‘ylab foydali pul o‘tkazmalari


“UPT” tizimi - Turkiya va yaqin xorij mamlakatlarga o‘tkazmalar uchun past komissiyaga ega, shuningdek, tranzaksiyalarni tez qayta ishlashni ta’minlaydi.


Universal Payment Transfers (UPT) - xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi bo‘lib, foydalanuvchilarga dunyoning turli burchaklariga tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi. “UPT” tizimi Turkiya va qo‘shni mamlakatlarga o‘tkazmalar uchun past komissiya taklif etadi, shuningdek, tezkor tranzaksiyalarni kafolatlaydi. Bu mablag‘larni qabul qiluvchiga pullarni bir necha soniya ichida tezda olishga yordam beradi.


“UPT” butun dunyo bo‘ylab pul mablag‘larini naqd pulda, bank hisobvarag‘idan, bank kartasidan va elektron hamyondan maqbul narxlarda va foydali valyuta kursi bilan o‘tkazish imkonini beradi. Pullaringizni tez, foydali va xavfsiz yuborish uchun bank ofislarimizga tashrif buyuring.



"AsiaExpress" - Rossiya va O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarini yuborish va qabul qilish uchun foydali, ishonchli, qulay, shuningdek tezkor pul o‘tkazmalari tizimlaridan biri. Ushbu tizim bankda hisob ochmasdan pul o‘tkazmalarini yuborish yoki qabul qilish imkonini taqdim etadi. "AsiExpress" tizimi bo‘yicha pul o‘tkazmalari Hamkorbankning barcha bank ofislarida amalga oshiriladi.


"AsiaExpress" pul o‘tkazmalari imkoniyatlari:


  • Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida o‘tkazmalar;
  • Yuqori tezlikdagi o‘tkazma – atigi bir necha soniyada;
  • Pul o‘tkazmalari uchun foydali komissiya.


Astrasend — jismoniy shaxslar o'rtasidagi tezkor xalqaro pul o'tkazmalari.


  • Naqd pulda to'lovlar
  • Hamkorlarda ochilgan bank hisobvarag'idan jo'natish


Tizim afzalliklari:

  • Tezkor pul o'tkazmalari;
  • Zamonaviy himoya tizimi;
  • Oddiy, qulay, tez va ishonchli;
  • O'tkazma uchun komissiya — o'tkazma summasidan 1 %.

Endi siz pul o‘tkazmalaringizni hohlagan davrgacha to‘plashni, qolaversa, to‘plagan pulingizni faqat o‘zingiz olishni hohlaysizmi? SWIFT tizimi mablag‘ingizni ishonchli saqlash imkoniyatini yaratadi.



SWIFT tizimining ustunlik tomonlari


  • Pul mablag‘laringizni hohlagan davlatingizga jo‘natishingiz mumkin
  • SWIFT tizimi pul jo‘natmangiz aniq, manzilingizga xavfsiz yetkazilishini ta’minlaydi
  • Arzon xizmat haqi


SWIFT GPI

Undan tashqari, Hamkorbankda SWIFT GPI texnologiyasi mavjud bo’lib, ushbu texlogiya yordamida mijoz real rejimda yuborilgan o’tkazmani kuzatishi mumkin.

Xizmat ko‘rsatish darajasini va chet el valyutasidagi hisob-kitoblar sifatini yaxshilash uchun ushbu texnologiya yangi imkoniyatlar yaratadi. Mijoz nafaqat yuborilgan o‘tkazmalar, balki xorijiy hamkorlardan kelib tushayotgan mablag‘larni ham kuzatib borishingiz mumkin.


Ushbu texnologiyaning ko‘plab afzalliklari orasida quyidagilarni ta’kidlab o‘tish joiz:


  • To‘lovlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati;
  • Xorijiy banklar komissiyalarining butkul shaffofligi;
  • O‘tkazmalar haqida doimiy ma’lumotlar.


SWIFT GPI xizmatidan foydalanish uchun to‘lov topshiriqnomasi (yoki UETR kodi) bilan xizmat ko‘rsatuvchi filiallarimizga murojaat qilish lozim.



Pul jo'natish uchun


  • Pul jo‘natish uchun - jo‘natuvchi xorijiy davlatda hisob raqami ochadi
  • Pul o‘tkazmasi chet eldan jo‘natilganda chet el banki tariflariga asosan jo‘natuvchidan xizmat haqi undiriladi



Pul jo'natmasini olish uchun


  • Pul o‘tkazmasini oluvchi jismoniy shaxs Hamkorbank filiallarining birida o‘z hisobvarag‘ini ochadi (hisobvaraq ochish uchun jismoniy shaxs bankning istalgan filialiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan murojaat qilishi kifoya. Hisobvaraq ochish uchun xizmat haqi olinmaydi)
  • Pul o‘tkazmasi mijozning hisobvarag‘idan chiqim qilinayotganda oluvchidan bank xizmat haqi olinadi
  • Mijoz tomonidan jo‘natilgan va qabul qilingan pul o‘tkazmalari, mijozga tegishli hisobvaraq to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi




DIQQAT!


Jimsoniy shaxs chet eldan o‘zining hisobvarag‘ida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin, bunda mijoz chet eldan kelgunga qadar o‘z mablag‘larini jamg‘arib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Pul o’tkazmalarini “Hamkorbank” ATBning barcha 153 ta bank xizmarlari ofislarida jo’natishingiz yoki qabul qilib olishingiz mumkin. Qolaversa, uni amalga oshirish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingiz va qabul qilib oluvchining ma’lumotlarini taqdim qilishingiz kerak. O’tkazmani naqd pul, ya`ni, milliy valyuta ko‘rinishida yoki plastik kartadan mablag’larni chiqim qilish yo’li bilan amalga oshirsangiz bo’ladi.


O‘tkazmalar uchun tariflar:

  • Milliy valyutada (kamida 1 000 000 so‘m) - 1 %
  • AQSh dollarida (kamida 100 AQSh dollari) - 0.7%


    O’tkazmani qabul qilib olish uchun pasport va o’nta (10) raqamdan iborat bo’lgan o’tkazma raqamini taqdim qilish kerak bo’ladi.


    • Siz bankning ixtiyoriy bo’limiga murojaat qilasiz;
    • Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz;
    • Pulni oluvchi odam Siz yuborgan mablag‘ni olishi mumkin bo’lgan mamlakat, shahar va bank bo’limini ko’rsatasiz;
    • Pul o’tkazmasi blankasini to’ldirasiz;
    • Pul o’tkazmasi miqdori va komissiya xizmati to‘lovini to’laysiz;
    • Qabul qiluvchiga pul o’tkazma summasi, raqami, shuningdek, siz tanlab olgan bank bo’limi raqamini qoldirasiz.
    • Siz pulni jo’natayotgan odam ko’rsatgan «Hamkorbank» bo’limiga murojaat qilasiz
    • Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz
    • Bank xodimiga unikal raqamingizni va pul miqdorini aytasiz
    • Pulingizni olasiz

    Qo'shimcha shartlar

    O'zbekiston bo'ylab milliy valyutada hisob raqam ochmagan holda pul o'tkazmalari uchun

    Xalqaro pul o'tkazmalari uchun

    1

    Valyuta turi

    Milliy valyuta so’m va AQSh dollarida

    AQSh dollari

    2

    O'tkazmalarning maksimal muddati

    Tezkor pul o'tkazmalari

    Tezkor pul o'tkazmalari

    3

    O'tkazmalarning maksimal summasi

    Cheklovsiz

    100 million so’m ekvivalentida

    4

    Bank va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan o'rnatilgan tariflar

    1 million so’mgacha – 10.000 so’m, 1 million so’mdan oshiq – 1%;
    100 AQSh dollarigacha – 20.000 so’m, 100 AQSh dollari va undan yuqori – 0.7%

    O'tkazma miqdori va yo'nalishiga qarab 1% dan boshlab

    5

    O'tkazmalar yo'nalishi va qabul qilish joylari

    "Hamkorbank" ATB barcha bank tarmog'larida

    180 dan ortiq mamlakatlarda joylashgan xalqaro pul o'tkazmalarini olish va jo'natish nuqtalarida

    6

    O'tkazmani bekor qilish, yuborilgan mablag'ni qabul qilib oluvchi olmagan bo'lsa qaytarib olish va o'tkazmaga o'zgartirish kiritish shartlari

    "Hamkorbank" ATB barcha bank tarmog'larida

    O'tkazma qabul qilib oluvchiga yetib bormasa , tegishli ariza asosida shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan o'tkazmani komission to’lovsiz unga o’zgartirish kiritish yoki jo’natuvchi qaytarib olishi mumkin

    7

    Bankning har bir yuborilgan o'tkazma uchun mijozga kvitansiya berish majburiyati

    Mijozga bank belgisi bilan pul o'tkazmani tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi

    Mijozga bank belgisi bilan pul o'tkazmani tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi

    8

    Yuboruvchiga (qabul qiluvchiga) pul jo’natmasi to’g’risida xabarnoma jo’natish

    SMS xabarnoma

    O'tkazmaning valyuta turi va uni ayirboshlash kurslari pul o'tkazmasi hujjatlarida aks ettiriladi

    Oxirgi yangilanish sanasi: 18.04.2024



    O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

    HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
    o‘tkazmalar bepul

    app-store google-play
    Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

    HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
    buyurtma bering

    app-store google-play
    Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

    Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
    fiskal chek oling

    app-store google-play
    To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

    VISA Classic kartasini ilovada
    bepul rasmiylashtiring

    app-store google-play