“Hamkorbank” elektron kommersiya uchun “HamkorPay” to‘lov servisini eng maqbul foiz stavkalarda va sizning talablaringizga moslashgan holda taqdim etadi. Onlayn sotuvlarni qulay shaklda biz bilan boshlang.
“HamkorPay” – bu barcha banklar tomonidan emissiya qilingan bank kartalaridan foydalangan holda, Veb-sayt, Telegram bot yoki mobil ilova orqali amalga oshirilgan onlayn-to‘lovlarni qabul qilish to‘lov tizimi.
“HamkorPay” to‘lov tizimi internet-xarid uchun keng va qulay imkoniyatlarni yaratadi. Siz internet do‘kon, yetkazib berish xizmati, elektron savdo platformasi yaratasizmi yoki mehmonxona biznesiga egamisiz, balki mahsulotlaringizni Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari orqali sotarsiz, umuman farqi yo‘q, qulay interfeys va ajoyib funksional imkoniyatlar sizning mijozlaringiz uchun eng yaxshi mahsulot yaratib beradi.