Biznes reja
Chet – el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yil uchun biznes rejasi
Biznes rejaning asosiy maqsadli parametrlari:
- Bank aktivlari qoldig’ini 19,5 trln. so’mga yetkazish;
- Kredit qo’yilmalari qoldig’ini 14,5 trln. so’mga yetkazish;
- 850 mlrd.sum sof foyda olishga erishish;
- Aktivlar samaradorligi ko’rsatkichini (ROA) eng kamida 4,8%;
- Kapital samaradorligi ko’rsatkichini (ROE) esa 24,8% dan kam bo’lmasligini ta’minlash.
2023-yil uchun belgilangan asosiy ustuvor vazifalar:
- Chakana biznesni rivojlantirish, Chakana mahsulotlar foydaliligi va hajmini oshirish, yangi jozibador mahsulotlar ishlab chiqish;
- Onlayn kreditlar va omonatlar hajmini faol o’stirish;
- Korporativ biznesni rivojlantirish, yangi raqamli mahsulotlar ishlab chiqish;
- Xazina yo’nalishini rivojlantirish. Ushbu yo’nalishda yangi instrumentlarini keng doirada qo’llash;
- Raqamli marketing tizimini rivojlantirish;
- Markazlashtirish, optimallashtirish, transformatsiya va raqamlashtirish yo’nalishlari bo’yicha bank strategik maqsadlarini amalga oshirishni davom ettirish;
- Risk menejment va muammoli aktivlar bilan ishlash tizimini rivojlantirish.
Oxirgi yangilanish sanasi: 15.03.2023