Hujjatli amaliyotlar "Hamkorbank"da mavjud bo’lgan hujjatli amaliyotlar mijozlarning tashqi savdo amaliyotlarida risklarni pasaytirish, pul oqimini ko’paytirish, bank va tashqi hamkorlar bilan ishonchli aloqalarni rivojlantirish, mustahkamlashga imkon yaratadi. Bank o’z tajribasida xalqaro miqyosida tan olingan jihozlardan foydalanadi va uning qulaylik va ishonchliligi natijasida mijozlarning eksport-import amaliyotlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan moliyaviy va tijorat risklarini sezilarli darajada kamaytirishga erishadi.

Savdoni moliyalashning ustunliklari


  • Keng miqyosidagi savdo va moliyaviy instrumentlari mavjud;
  • To’lovlilikning so’zsiz kafolatiga birinchi yozma talabda erishish;
  • Hamkorlaringiz davrasini sezilarli darajada oshirish;
  • Savdoni moliyalashning narxi odatiy kreditlashdan arzon bo’lishi;
  • Moslashuvchan tarif siyosati;
  • Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda savdo amaliyotlarini qo’shimcha ravishda tasdiqlash orqali hamda umum-xalqaro tartib-qoidalarni qo’llagan holda vujudga kelishi mumkin bo’lgan xalqaro, siyosiy, davlat va yuridik risklarni maksimal darajada kamaytirish;
  • Savdoni turli xil moliyalashtirish amaliyotlari bo‘yicha bepul ma’lumot va konsultatsiyalar berish.

Hujjatli amaliyotlar borasida bank quyidagi mahsulot va xizmatlarni taklif etadi:


  • Hujjatli import va eksport akkreditivlarini ochish, avizolash va tasdiqlash, akkreditivlarni yirik xalqaro banklar bilan tasdiqlash;
  • Bank kafolatlari, shu jumladan, tender, bajarishlik, to’lovlar kafolatlari, rezerv akkreditivlarini (stand-by) taqdim etish va avizolash hamda dunyoning yirik banklari orqali mijozlarning to’lovlarini kafolatlash.

Bank - Xalqaro moliya korporatsiyasi va Osiyo Taraqqiyot banklari tashabbusi bilan tashkil etilgan savdoni moliyalash dasturlarining faol ishtrokchisi hisoblanadi.

Diqqat!

Tajribadan kelib chiqib aytish mumkin, shartnomani imzolashdan oldin mijoz Valyuta amaliyotlari bo'limiga murojaat qilsa hisob kitob qilish shakli va moliyalashtirish tizimi optimal ko'rinishga ega bo'ladi.



HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
nazorat qulayligi

HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
boshqarish

HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
rasmiylashtirish

HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
chiqmasdan amalga oshiring.