mc.yandex.ruyandex

Internet-ekvayring HamkorPay

“Hamkorbank” elektron kommersiya uchun “HamkorPay” to‘lov servisini eng maqbul foiz stavkalarda va sizning talablaringizga moslashgan holda taqdim etadi. Onlayn sotuvlarni qulay shaklda biz bilan boshlang.


“HamkorPay” – bu barcha banklar tomonidan emissiya qilingan bank kartalaridan foydalangan holda, Veb-sayt, Telegram bot yoki mobil ilova orqali amalga oshirilgan onlayn-to‘lovlarni qabul qilish to‘lov tizimi.


“HamkorPay” to‘lov tizimi internet-xarid uchun keng va qulay imkoniyatlarni yaratadi. Siz internet do‘kon, yetkazib berish xizmati, elektron savdo platformasi yaratasizmi yoki mehmonxona biznesiga egamisiz, balki mahsulotlaringizni Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari orqali sotarsiz, umuman farqi yo‘q, qulay interfeys va ajoyib funksional imkoniyatlar sizning mijozlaringiz uchun eng yaxshi mahsulot yaratib beradi.


Xizmatga ulanish uchun ariza

HamkorPay xizmati imkoniyatlari

  • Barcha bank Humo va UzCard kartalaridan mablag‘ yechish;
  • To‘lovlarni qaytarish va bekor qilish (qisman va to‘liq qaytarish);
  • Xoldda saqlash (Xoldirovaniye);
  • Bir kunda 3 marta kliring (mablag‘larni mijoz asosiy hisob raqamiga o‘tkazish);
  • Qulay shaxsiy kabinet;
  • Hisobotlar va analitika;
  • Tezkor va xavfsiz integratsiya;
  • Telefon raqamni kiritish orqali to‘lovni amalga oshirish
  • Fiskal chek shakllantirish (Fiskalizatsiya).

Mijoz bilan kelishilgan holda 0,7 %dan 1 %gacha belgilanishi mumkin.

“HamkorPay” to‘lov tizimida nafaqat bank kartasini kiritish orqali balki, telefon raqam orqali ham to‘lovni amalga oshirish imkoni mavjud. Va albatta, har bir to‘lovga soliq fiskal cheki yaratiladi.

Sizning xavfsizlingiz biz uchun juda muhim. To‘lov usullari va xavfsizlik tizimi PCI DSS talablariga to‘liq javob beradi.




Xizmatga qanday ulanish mumkin?

Mobil va Internet banking xizmatidan foydalanish, boshqarish, ma'lumot olish faqat “Hamkorbank” mijozlari bo’lgan yuridik shaxslar va yakka tartbdagi tadbirkorlarga. Hamda “Elektron raqamli imzolar to’g’risida”gi qonunga muvofiq mijoz electron raqamli imzoga ega bo’lishi kerak.


Oxirgi yangilanish sanasi: 03.11.2023


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play